
Engil atletikachimiz Safina Sadullaeva o‘zbek sporti tarixidan joy oldi
Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Safina Sadullaeva o‘zbek engil atletikachilarining “Brilliant liga”dagi ilk g‘alabasiga mualliflik qildi.
Engil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha jahonning eng kuchli sportchilaridan biri bo‘lgan hamyurtimiz Safina Sadullaeva yana bir muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yurtdoshimiz Polshada o‘tkazilgan “Brilliant liga” musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritib, ushbu sportda jahon chempionatidan keyingi nufuzli o‘rinda turuvchi musobaqada g‘alaba qozongan birinchi o‘zbekistonlik atletga aylandi.
Safina Sadullaeva (O‘zbekiston) – 1.92
Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.92
Katerina Tabachnik (Ukraina) – 1.88.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar