Engil atletika. Osiyo chempionati navbatdagi kunida 6 ta medal qo‘lga kiritdik

CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida o‘tayotgan engil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun juda omadli o‘tdi. Bugungi bellashuvlarda hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Atletlarimiz orasida Barnoxon Sayfullaeva (balandlikka sakrash, 1.84 m), Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash, 13.07 m), Dilshoda Usmonova (stipl-chez, 10:22.402), O‘g‘iloy Norboeva (ko‘pkurash, 5130 ochko) o‘z yo‘nalishlarida oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, o‘n kurashchilarimiz Nodir Norboev (6956 ochko) hamda Samandar Mahmudov (6840) mos ravishda kumush va bronza medallarini jamg‘arishdi.

Ushbu kun dasturidan so‘ng terma jamoamiz jamg‘argan medallar soni 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini tashkil etmoqda. Bu bilan delegatsiyamiz umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston termalaridan so‘ng to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!