Engil atletika. Bugun Toshkentda Osiyo chempionati boshlandi

BEPUL PROPAN

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining stadionida ushbu sport turi bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qit’a birinchiligiga start berildi.

30 aprelga qadar davom etadigan musobaqada Osiyoning 40 ta davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bugun 20:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Atletlar kun davomida quyidagi yo‘nalishlarda medallar uchun kurash olib borishadi:

12:05 – bosqon uloqtirish, qizlar
16:10 – uzunlikka sakrash, qizlar
16:30 – yadro uloqtirish, yigitlar
17:35 – 1500 metr, qizlar
17:45 – langarcho‘pga tayanib sakrash, yigitlar
17:55 – 1500 metr, yigitlar

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!