
"Energetik-BGU" nima sababdan uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o‘tkazmoqda?
Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi Belarus chempionatining 9-turida o‘z maydonida "Dinamo" Brest jamoasini qabul qiladi. "Talabalar"ning Minskdagi o‘yingohi sun’iy qoplamali maydonga ega ekanligi bois, mazkur bellashuv 16 may kuni Molodechno shahridagi "Gorodskoy" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Gap shundaki, musobaqa reglamentiga ko‘ra, Oliy liga jamoalari may-noyabr oylarida sun’iy qoplamali maydonda o‘ynashi ta’qiqlanadi. Shu bois, "Energetik-BGU" 7-turdan o‘rin olgan uy uchrashuvini Borisov shahridagi "Gorodskoy" stadionida o‘tkazgan edi.
Fikrlar