
Endi "Kamp Nou" nomi o‘zgaradi
Kelasi mavsumdan boshlab "Barselona"ning uy stadioni yangi nomga ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda TV3.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi Spotify musiqiy striming platformasi bilan ularga stadion nomiga bo‘lgan huquqlarni sotish, shuningdek, asosiy va ayollar jamoalari formasi hamda mashg‘ulot jixozlari to‘plamiga homiylik qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan.
"Barsa" stadioni "Spotify Camp Nou" deb nomlanishi uchun kompaniya hozircha bir mavsum uchun 5 million evro, ta’mirdan keyin esa har bir mavsum uchun 20 million evro to‘laydi.
Avvaliga Spotify 30 yilga mulk huquqini talab qildi, ammo “Barca” shartnomani 20 yilga qisqartirdi.
Fikrlar