Endi bu joyda Husanov o‘ynaydi, sen “Real”ga ketaver!

  • 26 mart, 04:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy chempionatning birinchi yarmida har tomonlama katta inqirozga uchragan “Manchester Siti” kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishga kirishdi.

Tecno

Bu jarayonda Xosep Gvardiola bir necha yildan beri klub uchun xizmat qilib kelgan, biroq yoshi o‘tib qolayotgan tajribali ijrochilardan voz kechib, ularning o‘rnini yangi avlod vakillariga berishni masalaning eng to‘g‘ri echimi, deb topdi.

Angliya futbolining nufuzli manbalaridan cityxtra.co.uk portali “Manchester Siti” tarkibida yuz berayotgan avlodlar almashinuviga e’tibor qaratdi.

- “Shaharliklar” jamoada to‘planib qolgan muammolarga barham berish maqsadida, qishki  transferlar davrida tezkor harakatlarni amalga oshirib, qisqa fursatda 181,5 million funt sterling evaziga jamoaga “Lans”dan Abduqodir Husanov, “Palmeyras”dan Vitor Reys, “Ayntraxt”dan Umar Marmush hamda “Portu”dan Niko Gosalesni qo‘shib oldi.

Avgustdan beri jamoaning asosiy himoyachilari Natan Ake, Manuel Akanji, Ruben Dias va Jon Stounz jarohatlarini davolash, salomatligini mustahkamlash va jismoniy holatini tiklash uchun ko‘p vaqt sarflayotgani jamoani katta muammolarga ro‘baro‘ qildi.

Yanvarda kelgan markaziy himoyachilar – Abduqodir Husanov va Vitor Reys jamoa muammolariga malham bo‘la boshladi. Ayniqsa, o‘zbek himoyachisi Xosep Gvardiola jamoasining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi.

Yaqinda klubda yangi sport direktori Ugo Viana ish boshlaydi va bu mutaxassis kelishi bilan asosiy tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qo‘l urishi kutilmoqda. Hozirdan klub vakillari ayrim o‘yinchilarni boshqa jamoalarga o‘tkazish payiga tushdi.

Bir necha manbalarning  ma’lum qilishicha, “shaharliklar” Abduqodir Husanov transferi muvaffaqiyatli chiqqanini inobatga olib, uning pozitsiyada o‘ynaydigan Manuel Akanjini “Real” klubiga taklif qildi.

 Garchi mavsum oxirida 30 yoshga to‘ladigan shveytsariyalik markaziy himoyachining manchesterliklar bilan yana ikki yil davom etadigan shartnomasi bo‘lsa-da, klub rahbariyati yozda Akanjini transferga qo‘yishga tayyor. Agar Akanji himoya chizig‘iini yangilashga bel bog‘lagan Madrid superklubiga ma’qul kelsa, manchesterliklar uning ketishini qo‘sh qo‘llab ma’qullaydi, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk portali.

Manbaga ko‘ra, Xosep Gvardiola bir necha yillar davomida jamoaning o‘zagi bo‘lib kelgan Kevin De Bryuyne, Jek Grilish, Ederson va  Bernardu Silva bilan ham xayrlashishga tayyor. Xususan, markaziy himoyachilar – Natan Ake hamda Jon Stounzning ham xuddi Manuel Akanji singari klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Bu o‘yinlar so‘nggi 18 oy davomida jismoniy holati va tayyorgarligi bo‘yicha yuqori darajaga chiqa olgani yo‘q.

Uzoqni ko‘rib ish qilishga ko‘nikkan Gvardiolaning rejasiga ko‘ra, Abuqodir Husanov va Vitor Reys yonida tajribali himoyachilaridan faqatgina 28 yoshli Ruben Dias qolishi kerak. Ispaniyalik murabbiy bu o‘yinchi hali o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqib ulgurmagani va yana o‘sishiga, o‘z navbatida yangi yosh himoyachilarga ko‘makchi bo‘lishiga ishonyapti.

Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, “Manchester Siti” mutasaddilari tarkibni yangilash jarayonida tajribali futbolchilar sotuvidan kelidagan mablag‘larni yozda iste’dodli yosh o‘yinchilarni olishga yo‘naltirishni mo‘ljallayapti.

“Manchester Siti”: Ular Husanovni kuzatgani kelishyapti!

Shomurodovni Rimga qaytishiga uni syurpriz kutib turibdi!

Husanov Eron hujumini to‘xtatib, Shomurodov raqib himoya qo‘rg‘onini buza oladimi?

O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqadimi? Bu borada Evropada nima deyishyapti?

Shomurodovga Rimdan kayfiyatni ko‘taradigan ajoyib yangilik!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!