Endi Brassell (futbol tahlilchisi): “Keyn – elita darajasidagi o‘yinchi, u o‘zini to‘liq ochdi”

  • 5 may, 18:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur yozuvchi va futbol tahlilchisi Endi Brassell “Bavariya” forvardi Xarri Keynning o‘yiniga yuqori baho berdi. Unga ko‘ra, angliyalik hujumchi Germaniyada o‘ziga xos yulduzga aylangan va nihoyat, o‘z karerasidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritgan.

Tecno

“Keyn Germaniyada yana bir ajoyib mavsum o‘tkazdi. Ikki yil ham bo‘lmasdan, u "Bavariya"da 100 dan ortiq gol+pas natijasiga erishdi.

Hozirda u Bundesligada 27 asosiy o‘yinda 24 gol va 7 golli uzatma qayd etgan. Yana ikki marta zaxiradan maydonga tushgan, ammo bu o‘yinlarda ochko olmagan. Bu ko‘rsatkichlar Lionel Messining statistikasini esga soladi.

Albatta, Keyn aniq markaziy hujumchi, shunga ko‘ra ko‘pchilik uni Messi darajasida deb hisoblamaydi – bunga tushunish mumkin. Lekin menimcha, u top-o‘yinchilar qatorida bo‘lishga arziydi.

Balkim, kechroq bo‘lsa-da, "Tottenxem"ga bo‘lgan hurmatim bilan u elit klubga o‘tdi. Endi u har yili Chempionlar ligasi uchun kurashish va sovrinlar yutish uchun kurasha oladi.

Menimcha, ham Keyn, ham "Bavariya| o‘zaro hamkorlikdan keraklisini oldi” – deya ta’rif berib o‘tdi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!