"Empoli" o‘z tarixida yangi sahifa ochdi

  • 22 sentabr, 2024, 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Italiya chempionatida beshinchi tur o‘yinlari davom ettirildi. Jumladan, "Empoli" Sardiniyaga yo‘l oldi va har bir bo‘limda gol urib, mahalliy "Kalyari"ni mag‘lub etdi.

Tecno

Endi "Empoli" besh turdan keyin ikkita g‘alaba va uchta durangga ega. Jamoa hozircha mag‘lubiyat nimalagini bilmay kelmoqda. E’tiborlisi, klub o‘z tarixida birinchi marta mavsumni shunday muvaffaqiyatli boshladi va besh turdan so‘ng birorta ham uchrashuvda engilmadi.

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida “Empoli” o‘z maydonida “Fiorentina” bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda "Empoli" A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!