
Emmanuel Peti: "Mbappening asosiy maqsadi – Chempionlar ligasi va "Oltin to‘p"
Frantsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti "Real" forvardi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
"Bu mavsum Kilian uchun hal qiluvchi bo‘lishi kerak. U "qirollik klubi"ga aynan Chempionlar ligasida g‘olib chiqish va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun keldi", — deydi Peti "AS" nashriga bergan intervyusi davomida.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchi 2024 yil yozida erkin agent sifatida PSJdan "Real" safiga qo‘shilgan edi. Mbappe madridliklar bilan 2029 yil iyuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan.
Fikrlar