Emiliano Martines: "Klubim bilan individual unvonlar yoki sovrinlarini qo‘lga kiritish to‘rt ustidagi olchaga o‘xshaydi"
"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines terma jamoadagi o‘yin uning uchun klub darajasidagi o‘yinlardan ko‘ra muhimroq ekani haqida fikr bildirdi.
"Klubim bilan individual unvonlar yoki sovrinlarini qo‘lga kiritish to‘rt ustidagi olchaga o‘xshaydi, ammo mening butun faoliyatimdagi haqiqiy zavq har doim Argentina terma jamoasida o‘ynash bo‘lgan. Bu faqat mening holatim emas. Jahon chempionatida o‘ynagan futbolchilarning aksariyati tushuntirish qiyin bo‘lgan tuyg‘uni boshdan kechiradi. Terma jamoada o‘ynab darvozada turganimda ko‘proq mas’uliyatni his qilaman, Chunki mening ortimda butun mamlakat va oilam turgan bo‘ladi", - dedi argentinalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, Emiliano 2022 yilda Argentina bilan Jahon chempioni bo‘lgan edi. Finalda argentinaliklar penaltilar seriyasida Frantsiyani mag‘lub etishgan edi.



Fikrlar