
Emeriga A Seriya klubidan ish topildi
Ispaniyalik murabbiy Unai Emeri faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Taniqli jurnalist Nikolo Shira "Fiorentina" rahbariyati yangi mavsumda jamoa boshqaruvini Emeriga topshirish niyatidaligini xabar qilmoqda. Ta’kidlanishicha, klub va mutaxassis so‘nggi kunlarda ushbu mavzu bo‘yicha muloqot qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, PSJ va "Arsenal" sobiq bosh murabbiyi o‘tgan yil noyabrida "kanonirlar" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar