
Emeri 3 ta klubning taklifini rad etdi
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri 3 ta klubdan bo‘lgan taklifni rad etdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 48 yoshli ispaniyalik mutaxassis “kanonirlar” safidan iste’foga chiqarilgach, u bilan birinchi bo‘lib “Everton” aloqaga chiqqan.
Bundan tashqari Emeriga shuningdek Xitoy Superligasining 2 ta klubi ham taklif bildirgan.
Emeri yuqoridagi takliflarning barchasiga rad javobini bergan. Chunki, u sovrinlar uchun kurashadigan jamoa bilan ishlamoqchi.
Fikrlar