Elshod Rasulov: "Jahon chempionatidagi har bir jang biz uchun final"

  • 2 may, 2022, 21:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor yana sanoqli kunlardan so‘ng, Turkiyada qizlar o‘rtasida jahon chempionati start oladi. Mazkur jahon chempionatiga O‘zbekiston terma jamoasi ham qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. 

Tecno

Ma’lumki, O‘zbekiston qizlar terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasida Elshod Rasulov faoliyat olib boradi. Biz ushbu mutaxassis bilan bog‘lanib, chempionatga tayyorgarlik va imkoniyatlar borasidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

Jahon chempionatiga tayorgarliklar 3 bosqichda tashkil qilindi. Dastlabkisini Qozog‘istondagi halqaro yig‘indan boshladik.Qolgan 2 tasi yurtimizdagi sport ba’zasida davom etmoqda.
Jahon chempionatining qoldirilgani biz uchun ijobiy holat bo‘ldi. Bizda vaziyatdan fodalanib, yanda mahoratimizni oshirishga sharoit buldi. To‘g‘risini aytishim kerak, bu men uchun bosh murabbiy vazifasidagi 1- jahon chepionati, qizlarimizni salohiyati yaxshi va men shogirdlarimga ishonaman.
 Qur’a bo‘lganidan keyin, men o‘zimizni imkoniyatlarimiz haqida gapira olaman.Unga qadar bir nima deya olmayman.
Bizga asosiy raqobatchilar deya, hamma davlat sportchilarini aytgan bo‘lardim. Chunki bizni jamoa hali yosh va bo‘lib o‘tadigan har bitta jang biz uchun final uchrashivi kabi bo‘ladi, desam adashmayman.

Albatta, terma jamoamizdan yurtimizning eng iste’dodli vakilalari jam bo‘lgan. Qolaversa, Elshod Rasulov ham bokschilik faoliyati mobaynida ulkan tajribaga ega bo‘lgan. Shunday ekan, qizlarimizdan ushbu jahon chempionatida ijobiy natijalar kutib qolamiz. Bu borada ularga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

IMG_20220502_212423_108

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!