
Eldor Shomurodovga Ispaniyaning grand klubi qiziqish bildirmoqda
Rossiya chempionatida faoliyat yuritayotgan Eldor Shomurodovga qiziqayotgan klublar soni yana bittaga ko‘paydi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisiga Ispaniya grandi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Sport" telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalov telegramdagi o‘zining sahifasida xabar berdi.
- Ha, "Rostov" g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Shomurodov gol urmadi, lekin Sizga bir yangiligimiz bor.
"Sevilya" klubi sport direktori Ramon Monchiga yaqin manbalarga ko‘ra, Eldor Shomurodov familiyasi Andalusiya jamoasi long-list'ida bor. Qishki transferlar vaqtida emas, keyingi yozda ochilajak oyna vaqtida o‘zbek forvardi "Sevilya" klubiga o‘tishi ehtimoli bor, - deya yozib qoldirdi Bobur Akmalov.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovga oldinroq TsSKA va Germaniyaning "Shtutgart" klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Fikrlar