
Eldor Shomurodov boshliq legionerlarga ruxsat yo‘q
Rossiya premer-ligasida ishtirok etayotgan “Rostov”, “Krasnodar” va “Sochi” hukumat ta’qiqlaganiga qaramay, mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan axborotlarga ko‘ra, faqat “Zenit” va “Rubin” mashg‘ulot o‘tkazish uchun rasman ruxsat olgan.
Ayni paytda qolgan klublar, xususan “Rostov”da legionerlarni qaytarish uchun ruxsatnoma ham, tibbiyot protokoli ham mavjud emas.
“Rostov” tarkibida joriy mavsumda hamyurtimiz Eldor Shomurodov bilan birga Shvetsiya, Norvegiya, Bolgariya, Finlyandiya va Qozog‘istondan legioner futbolchilar to‘p surmoqda.
Rossiyada premer-liga o‘yinlari 21 iyundan davom ettirilishi belgilangan. "Rostov" 23- tur uchrashuvini safarda "Sochi"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar