EL. "Tottenxem" va "Atletik" qiyinchilik bilan 1/2 finalga yo‘l oldi

  • 18 aprel, 02:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda "Tottenxem" Bundesliganing "Ayntraxt" klubi bilan bahs olib borib, 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ilk bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan edi. 
 
Ikkinchi uchrashuvning 43-minutida Solanke penaltidan foydalanib, o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi. Ushbu gol esa "shporlar"ni yarim finalga olib chiqdi.

Ispaniyaning "Atletik Bilbao" klubi esa "Reynjers" bilan to‘qnash kelib, 2:0 hisobida muvaffaqiyatg erishdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuvda ham durang qayd etilgan edi (0:0). 
 
Uchrashuvning 45+4-daqiqasida Sanset penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqaga kelib Uilyams oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ygan holda, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

  • Europe - UEFA Yevropa ligasi
  • Chorak final

Ayntraxt

Tugadi
0 : 1

18.04.2025 00:00

Tecno

Tottenhem

  • Dominic Solanke 43'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!