«El-Shayxiko» va «Real» uchun yana bir inglizcha imtihon! EChL finalida qaysi klublar to‘qnash keladi?

  • 17 aprel, 2021, 05:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa yarim finali borasida fikr yuritadi.

Tecno

Eng muhim omillar

- EChLda yangi g‘olib bo‘ladi. «Bavariya» o‘tgan yilgi finalchi - PSJdan uchralgan mag‘lubiyat sababli turnirni tark etdi. Evropa chempionlar kubogi - EChLga o‘zgartirilgandan beri «Real Madrid»dan boshqa jamoa sovrinni ketma-ket qo‘lga kiritmagan!

- chempionlik uchun ikki ingliz, frantsuz va ispan jamoalari da’vogarlik qilmoqda.

- Turnir g‘olibini aniqlab olish uchun atigi 5 o‘yin kifoya

- Musobaqa tarixida yangi sahifa ochilishi mumkin. Sababi, «Manchester Siti» va PSJ biror marotaba turnir oltin medallariga ega chiqmagan.

Yarim finalchilar:

«Chelsi»

ekrgoekroge

Pley-offda bosib o‘tgan yo‘li:1/8 finalda — «Atletiko» (1:0; 2:0); 1/4 finalda — «Portu» (2:0; 0:1).

Eng yaxshi to‘purari: Olive Jiru (6)

EChLdagi eng yaxshi natijasi: Chempion (2011/12)

Myunxenda bo‘lib o‘tgan finaldan farqli o‘laroq, hozirgi «Chelsi» omadga suyanmayapti. Tomas Tuxel boshqaruvida klub o‘yindan-o‘yinga ochilib o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini his etmoqda. Roberto Di Matteodan farqli o‘laroq, Tomas aniq reja bilan Londonga tashrif buyurgan. U o‘tgan mavsumda PSJni finalga qadar boshlab borgan edi.

Nemis mutaxassisi «Chelsi»ni qishda qabul qilib oldi va 18 bor maydonga olib tushdi. Atigi 2 mag‘lubiyatni hisobga olmasa, «Chelsi» 12 o‘yinda g‘alaba qozondi. Uning qo‘l ostida, jamoa himoyada to‘p surmoqda. Shu bois, klub 13 o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. EChL da jamoa eng kuchli mudofaaga ega. Eduar Mendi 9 o‘yinda atigi 2 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi xolos.

«Pari Sen-Jermen»

jasiasfas

Pley-offda bosib o‘tgan yo‘li: 1/8 finalda — «Barselona» (4:1; 1:1); 1/4 finalda — «Bavariya» (3:2; 0:1).

Eng yaxshi to‘purari: Kilian Mbappe (8)

EChLdagi eng yaxshi natijasi: Final (2019/20)

Yarim finalga mavsum davomida murabbiy almashtirib etib kelgan ikkinchi jamoa. Maurisio Pochettino boshqaruvida klub musobaqaning yarim finaliga qadar etib keldi. Argentinalik mutaxassis bundan avval «Tottenxem» bilan hal qiluvchi o‘yinni boy bergan.

PSJ yo‘lidan uchragan barchani o‘zi bilan hisoblashishga majbur qilmoqda. «Barsa» va «Bavariya» singari qudratli klublar «o‘yindan tashqari» holatda qolib ketdi. Murabbiy tarkib yulduzli hujumga ega bo‘lsada, asosiy urg‘uni natijaga qaratmoqda. E’tiborlisi shundaki, Parij klubi barcha o‘yinlarda to‘p nazoratini to‘liq raqiblarga topshirgan xolda qarshi hujumlarga tayanib harakat qilmoqda. Kilian Mbappe esa, jamoaning asosiy quroliga aylanib bo‘ldi. U pley-offda kirilgan 8 goldan oltitasini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

«Manchester Siti»

jasidjiasd

Pley-offda bosib o‘tgan yo‘li:1/8 finalda — «Borussiya M» (2:0; 2:0); 1/4 finalda — «Borussiya D» (2:1; 2:1).

Eng yaxshi to‘purari: Ferran Torres (4)

EChLdagi eng yaxshi natijasi: Yarim final

«Shaharliklar» Pep Gvardiolani bir necha yillardan beri qiynab kelayotgan chorak finaldan o‘tib oldi. E’tiborlisi shundaki, «Siti» joriy mavsumda EChLda mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa sanaladi. 9 o‘yin va 8 g‘alaba! Pley-off bosqichida nemis klublarini muammosiz bartaraf etgan «Siti»ga yarim finalda oson bo‘lmasligi turgan gap.

Ayni damda, «shaharliklar» g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Pep shogirdlari joriy mavsumda o‘z o‘yinlari bilan APLda hech kimga imkon qoldirmayapti. Boz ustiga, markaziy hujumchisiz to‘p surish orqali, jamoa yangi o‘yin sxemasini ko‘z-ko‘z qilmoqda. Hozircha, bunga qarshi hech narsa o‘ylab topilgani yo‘q. Boz ustiga, futbolchilar ham o‘z pik formasiga chiqib bo‘ldi.

«Real» Madrid

jaisjdiasfg

Pley-offda bosib o‘tgan yo‘li: 1/8 finalda — «Atalanta» (1:0; 3:1); 1/4 finalda — «Liverpul» (3:1; 0:0).

Eng yaxshi to‘purari:Karim Benzema (5)

Eng yaxshi natijasi: 13 karra chempion (1955/56, 1956/57, 1957/58, 1958/59, 1959/60, 1965/66, 1997/98, 1999/2000, 2001/02, 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18)

Zidan boshchiligida «Real» guruh bahslarida juda qiynaldi. «Shaxtyor»dan ikki bor mag‘lub bo‘lganiga qaramay, hal qiluvchi bosqichda «qirollik klubi» stabil o‘yin ko‘rsatmoqda. Jarohatlar seriyasi ham klubni «Liverpul» ustidan g‘alaba qozonishiga to‘sqinlik qilgani yo‘q. Zidan futbolchilardan kelib chiqib, hatto o‘yin sxemasini ham o‘zgartirdi.Shunday bo‘lsada, jamoa muammosiz yarim finalga etib keldi.

Muhimi shundaki, Zidan va tarkibdagi bir nechta futbolchilar EChLda qanday zafar quchish mumkinligini juda yaxshi biladi. Ayniqsa, maydon markazini boshqarayotgan Kazemiro-Modrich-Kroos uchligi bu borada professor! To‘g‘ri, «Real» qolganlardan bir bosh baland emas, ammo oltinga teng tajriba bobida hammadan bir qadam oldinda. Ha aytgancha, «Real» ilk bor Ronaldusiz yarim finalga chiqishni uddaladi. Krishtianu esa, «Yuventus» bilan chorak finaldan uyog‘iga o‘tganicha yo‘q...

Yarim final juftliklari

Qaysi klub finalga yo‘l olishi haqida fikr bildirishga erta. O‘yin kuni biror-bir taxminni bildirish mumkin, ammo qiziq faktlarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. «Real» o‘z tarixida hech qachon rasmiy o‘yinlarda «Chelsi» ustidan g‘alaba qozonmagan. 2 mag‘lubiyat va 1 durang! Narigi juftlik esa, Qatar va BAAning Evropadagi to‘qnashuvi desak, adashmagan bo‘lamiz. Bir so‘z bilan aytganda, «El-Shayxiko»!

asidjaiosjfgi

Qaysi finalni ko‘rishni istaysiz?

«Real» - «Manchester Siti»
«Real» - «Pari Sen-Jermen»
«Chelsi» - «Manchester Siti»
«Chelsi» - «Pari Sen-Jermen»

O‘z fikringizni albatta izohlarda qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!