
EL. "Manchester Yunayted" kichik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Evropa ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Real Betis" - "Manchester Yunayted" bahsining javob o‘yini 0:1 hisobi bilan tugadi.
Yagona gol mualiffi - Markus Reshford. Hujumchi 56-daqiqada ajoyib zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamaosiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Manchester Yunayted" ikkala uchrashuv natijasiga ko‘ra 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
Fikrlar