
EKL. Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Roma" mag‘lub bo‘ldi
Evropa konferentsiyalar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Budyo-Glimt" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 43-daqiqada Pellegrini hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada Venbangamo muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqtiga tugagan bir paytda Vetlesen Norvegiya klubiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi 14-dan 15 aprelga o‘tar kechasi tunggi soat 00:00da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qayd etish lozim, Shomurodov ushbu bahsning 65-daqiqasida maydonga tushdi.
Fikrlar