Ederson: “Real” fubolchisi “Oltin to‘p”ni olishi kerak”

  • 13 oktabr, 2024, 16:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Ederson “Oltin to‘p” uchun asosiy davogar kim ekanini aytdi.

Tecno

-Umid qilamanki, “Oltin to‘p”ni Vinisius Junior oladi. U o‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yini uchun bu sovringa loyiq. Lekin boshqa tarafdan Rodri bu sovrinni olsa ham xursand bo‘laman,- dedi golkiper TNTga bergan intervyusida.

2024 yilda braziliyalik vinger Chempionlar ligasi, La Liga, UEFA va Ispaniya superkuboklarini qo‘lga kiritdi. Ispaniyalik yarim himoyachi  bo‘lsa, APL va Evro-2024ning oltin medallariga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!