Ederson: "Men Husanov uchun juda xursandman"

  • 15 fevral, 22:45
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 25-turi doriasida "Manchester Siti" "Nyukasl Yunayted"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng "shaharliklar" darvozaboni Ederson hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Men Niko Gonsales uchun xursandman. Ayniqsa, Abduqodir Xusanov uchun juda mamnunman. O‘zbekistonlik futbolchi "Chelsi"ga qarshi debyut uchrashuvini o‘tkazib, biroz xatolarga yo‘l qo‘ygandi. Biroq, Husanov so‘nggi uchrashuvlarda jamoaga ancha moslashib ketdi. 
 
Shuni ham ta’kidlashim kerak, bugun Abduqodir juda yaxshi harakat qildi. Ayniqsa, yosh ekanligini, inglic tilida gapira olmasligini va rus tilida muloqot qilayotganini inobatga olsak, yaxshi o‘ynamoqda" - dedi braziliyalik posbon. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi to‘qnashuvini 19 fevraldan 20 fevralga o‘tar kechasi soat 01:00 da Madridning "Real" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
16/02/2025 06:31
менимча бундай демаган! челси билан уйиндагини ва урис тилида гапирвотти деб журналистлар ковлаяпди