EChLni yutgan "Chelsi" 2021 yilda qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

  • 30 dekabr, 2021, 22:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” moliyaviy yilni 173,5 million evro zarar bilan yakunladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaning xabariga ko‘ra, translyatsiyalar daromadining oshishi evaziga klub aylanmasi 462 million evrodan 496,6 million evroga ko‘tarilgan. Mag‘lubiyatga koronavirus sabab muxlislarsiz o‘yin o‘tkazish va futbolchilarni sotishdan tushgan daromadning kamaygani sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, “Chelsi” moliyaviy yordamni klub egasi Roman Abramovichga tegishli Fordstam Limited kompaniyasidan oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 2021 yilda UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!