EChLda 6 klub, Londonga «ko‘z tegdi»mi?! APLda g‘alati voqealar sodir bo‘lishi mumkin!

  • 10 fevral, 2021, 19:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Angliya Premer-ligasida amalga oshishi mumkin bo‘lgan o‘zgacha voqealar haqida fikr yuritadi.

Tecno

EChLda 6 ta ingliz klubi!

kgoerkgoerkger

Bundan avvalroq, birdaniga Angliyaning 5 jamoasi Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etgan. Hozir bu rekord yangilanishi mumkin. Buning uchun:

1.Angliya klubi EChLda zafar quchishi shart.

2.Angliya klubi Evropa Ligasida g‘alaba qozonishi kerak.

3.Bu klublar APL so‘nggida kuchli to‘rtlikdan o‘rin egallamasligi lozim.

Bundan avval, ikki bor inglizlar 5 ta klub bilan musobaqada ishtirok etgan. «Liverpul» Istanbulda qahramonlik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ichki birinchilikda  "top-4"dan o‘rin egallamagan. Keyinroq, «Manchester Yunayted» Evropa Ligasidagi g‘alabasi sababli, EChLga «tumanli albion»ning 5-vakili sifatida musobaqaga tashrif buyurgan.

Hozir Evropa Ligasida g‘alaba qozonish uchun Londonning ikki klubi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. «Arsenal» va «Tottenxem» katta ehtimol bilan kuchli to‘rtlikdan o‘rin egallay olmaydi. Chempionlar ligasida esa, «Liverpul» yoki «Chelsi» g‘alaba qozonishi mumkin. Ularning g‘alabasi, taxmin qilingan kombinatsiyaning amalga oshishi bilan yakunlanadi. Bunday holatda kelasi mavsum klublar o‘rtasidagi asosiy musobaqada ingliz jamoalar tartibi quyidagicha ko‘rinish oladi.
«Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Lester», «Chelsi», «Liverpul» (EChL g‘olibi), «Arsenal»/«Tottenxem» (Evropa Ligasi g‘olibi).

London klublarisiz…

jigerjiger

So‘nggi bor, 1995/96 yilgi mavsumda kuchli to‘rtlikdan poytaxt klubi o‘rin egallay olmagan. Chempionatda Fergi bobo boshchiligidagi «Manchester Yunayted» g‘alaba qozongan. Undan keyingi o‘rinlarni «Nyukasl», «Liverpul» va «Aston Villa» egallagan. So‘nggi 24 yil davomida bu ro‘yxatda hech bo‘lmasa Londondan bir vakil ko‘rinish berdi. «Tottenxem», «Arsenal» va «Chelsi» birgalikda tempni tushirib yuborgani yo‘q.

Hozir esa, voqealar rivoji o‘zgacha ko‘rinish olmoqda. «Chelsi» (6), «Tottenxem» (8) va «Arsenal» (10) yakunda kuchli kvartetda emas. To‘g‘ri, «Vest Xem» ham 6-o‘rinda bormoqda, lekin ularda stabillik yo‘q. Agar fantaziyani ishga solsak, 24 yillik rekord barbod bo‘lish arafasida turganini anglash mumkin.

Xarri Keyn afsona!

ijjigjrrtgrjigr

O‘tgan mavsumda Kevin De Bryuyne assistlar soni borasida afsonaviy Teri Anrining rekordini yangilagan edi. 2002/03 yilgi mavsumda frantsuz 20 bor golga hammualliflik qilgani uzoq yillar mutlaq rekord edi. Belgiyalik futbolchi bu borada «Arsenal» sobiq sardoriga etib oldi. Bu nomlar orasiga «shporlar» etakchisi Xarri Keyn ham qo‘shilishi mumkin. Hozir uning hisobida 11 ta golli uzatma mavjud. Oldinda 16 o‘yin bor. Agar qahramonimiz 10 ta assistni ijro etsa, APL tarixidagi eng yaxshi futbolchilar qatoridan joy olishi mumkin. E’tiborlisi shundaki, u o‘z kumiri – Anrini quvib o‘tishga yaqin turibdi.

Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra eng yirik hisob

rtkgorkgorktogkrt

APL dunyoning kurashlarga va intrigaga eng boy chempionati, biroq bu erda ham yirik hisoblar qayd etiladi. Agar ikki o‘yin natijasini umumiy qilib hisoblasak, mutlaq rekord «Manchester Siti»ga tegishli. Pep Gvardiola shogirdlari o‘tgan mavsumda bechora «Uotford»ni ikki o‘yinda (8:0, 0:4) 12 ta to‘p farqi bilan yanchib tashlagan edi.

Bu rekordni yangilash imkoni joriy mavsumda «Liverpul» va «Manchester Yunayted»da mavjud. Buning uchun «qizil iblislar» ikkinchi davra o‘yinida «Sautgempton»ni 4 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishi lozim. Mersesaydliklar «Kristal Pelas»ni mehmonda 7 ta javobsiz gol bilan siylagan. «Enfild»dagi uchrashuvda 6 gol kiritish yangi rekord o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. To‘g‘ri, bu shunchaki raqamlar xolos, ammo futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

«Chelsi» vs «Arsenal»

dzdzdzdz

Ser Aleks Fergyuson va Arsen Venger tamal toshini qo‘ygan klublar hozirda APLning erkin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Premer-liga tashkil topgandan beri ishlab olingan ochkolar soni borasida gap ketar ekan, «Chelsi»ning oldinga qadam tashlayotgani e’tiborga molik. 1992 yildan beri «Chelsi» «Arsenal»dan ko‘proq chempionlikni qo‘lga kiritgan, ammo Vengerning «kanonirlar»i 20 yil davomida musobaqani kuchli kvartetda yakunlagan.

«Arsenal»ning bu jadvaldagi umumiy ochkolari soni 2011 ni tashkil etadi. «Chelsi»da 1997 ball mavjud. 14 ochkolik tafovut mavsum so‘ngiga qadar yo‘q qilinsa, «Chelsi» APLda eng ko‘p ochko ishlagan klublar ro‘yxatida «Arsenal»ni quvib o‘tishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!