
EChL yo‘llanmasi "Manchester Yunayted"ga qimmatga tushmoqda
"Manchester Yunayted"ning yangi mavsumda ham Chempionlar ligasida ishtirok etishi klubning Xarri Maguayrni sotish imkoniyatiga ta’sir qildi.
The Guardian nashrining yozishicha, jamoaning EChL guruh bosqichiga chiqishi qolgan futbolchilar kabi sardorning ham maoshi sezilarli darajada oshishiga olib keldi.
Klub himoyachini 30-40 million funtga sotishi mumkin edi, ammo endi unga yangi jamoa topish qiyinroq bo‘ladi, chunki amaldagi va taklif qilingan maosh o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lishi mumkin.
Maguayr 2022/23 yilgi mavsumda Premer-ligada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar