
EChL. "Napoli" o‘z maydonida "Braga"ga imkon qoldirmadi, neapolliklar ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi!
EChL 6-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Braga" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin 2:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan tugadi.
Maydon egalari safida gollarga Saatchi (avtogol) va Osimxen mualliflik qildi. Muxlislar mazkur bahsda boshqa gol ko‘rishmadi.
Shu tariqa, "Napoli" 6-turda 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 10 ochko to‘pladi hamda 2-o‘rindan joy oldi. Portugaliyaliklar hisobida 4 ochko mavjud va klub guruhda 3-pog‘onani band etdi.
Fikrlar