
EChL. Messi 5-turning eng chiroyli goli muallifiga aylandi — hafta terma jamoasi
Seshanba va chorshanba kunlari Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘tgan turda ko‘plab gollar kiritildi va ular orasida PSJ hujumchisi Lionel Messining goli haftaning eng chiroyli goli deya e’tirof etildi. "Makkabi Xayfa"ga qarshi o‘yinda argentinalik futbolchi Kilian Mbappedan ajoyib uzatmani qabul qilib oldi va havoda to‘pni oyoqning tashqi tomoni bilan darvozaga yo‘lladi.
Shuningdek, hafta ramziy terma jamoasi ham ma’lum qilindi.
Fikrlar