EChL. "Marsel" Obameyangning dubli evaziga g‘alaba qozondi. "Borussiya Dortmund" esa "Vilyarreal"ni taslim etdi

  • 26 noyabr, 03:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar yakunlandi. 
 
"Nyukasl Yunayted" Frantsiyada "Marsel" bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida engildi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Xarvi Barns "qarg‘alar"ni oldinga olib chiqdi. Biroq, 46 hamda 50-daqiqalarda Per-Emerik Obameyang gollar urib, dublni rasmiylashtirgan holda jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. 

"Borussiya Dortmund" esa "Vilyarreal"ni 4:0 hisobida yanchib tashladi. 45+2 va 54-daqiqalarda Seru Girassi ikki bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Adeyemi hisobni yiriklashishga sababchi bo‘ldi. Shuningdek, 90+5-daqiqada Daniel Svensson hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. 

Tecno

  • Europe - UEFA Chempionlar ligasi
  • League Stage

Olimpik Marsel

  • Pierre-Emerick Aubameyang 46'
  • Pierre-Emerick Aubameyang 50'
Tugadi
2 : 1

26.11.2025 01:00

Nyukasl Yunayted

  • Harvey Barnes 6'

  • Europe - UEFA Chempionlar ligasi
  • League Stage

Borussiya D

  • Serhou Guirassy 45'
  • Serhou Guirassy 54'
  • Karim Adeyemi 58'
  • Daniel Svensson 90'
Tugadi
4 : 0

26.11.2025 01:00

Villarreal

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!