
EChL. "Manchester Yunayted" ingliz jamoalari orasida antirekord o‘rnatdi!
Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Bavariya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda myunxenliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, "qizil iblislar" musobaqa guruh bosqichidan chiqish masalasini qo‘ldan boy berdi. Yanada qizig‘i, klub joriy mavsum turnirda o‘z darvozasidan 15 ta to‘p olib chiqdi.
Shu vaqtga qadar hech bir ingliz jamoasi bunday yomon natija qayd etmagandi. Erik Ten Xag ostidagi "Manchester Yunayted" bu borada birinchisi bo‘ldi.
Fikrlar