EChL. "Manchester Siti" kutilmaganda ochko yo‘qotdi, "Yuventus" Isroilda "tarsaki edi"

  • 11 oktabr, 2022, 23:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi "Makkabi" - "Yuventus" va "Kopengagen" - "Manchester Siti" uchrashuvlari yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan bellashuvlarda Turin klubi Isroilda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, "shaharliklar" esa Daniyada 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 

Tecno

"Makkabi"ning har ikki goliga ham Omer Atsili mualliflik qildi. U 7-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taym oxirrog‘ida dubl qilib jamoasining g‘alabasini mustahkamladi. Mazkur o‘yindan keyin "Yuventus" 3 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. Xuddi shuncha ochko to‘plagan isroilliklar esa to‘plar farqiga ko‘ra guruhning so‘nggi pog‘onasidan qoladigan bo‘ldi.

Safardagi durangdan keyin "Manchester Siti" hisobidagi ochkolar soni 10taga etdi. Ammo ular bari-bir turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Kopengagen" esa 2 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!