
EChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar ma’lum (foto)
Seshanba va chorshanba kunlari guruh bosqichining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga davogarlarni e’lon qildi.
Kilian Mbappe (PSJ), Robert Levandovski (“Barselona”), Petr Zelinski (“Napoli”) va Leroy Sane (“Bavariya”).
Bu haftada PSJ "Yuventus"ni (2:1), "Bavariya" safarda "Inter"ni (2:0), "Napoli" "Liverpul"ni (4:1), "Barselona" esa "Viktoriya"ni (5:1) mag‘lub etdi.
Haftaning eng yaxshi futbolchisi UEFA rasmiy saytida ovoz berish orqali aniqlanadi.
Fikrlar