
EChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi (foto)
Evropa Chempionlar ligasida yarim final bosqichi uchrashuvlari nihoyasiga etdi.
Bu haftada o‘tkazilgan ikki o‘yinda "Liverpul" "Vilyarreal"ni, "Real" "Manchester Siti"ni mag‘lub etib, hal qiluvchi bellashuvda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
UEFA rasmiy sahifasi o‘z odatiga muvofiq, haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash jarayonini boshladi. Unda mersisaydliklar hujumchisi Luis Dias, madridliklar posboni Tibo Kurtua, "sariq suvosti kemasi" vakili Fransis Koklen hamda "shaharliklar" futbolchisi Bernardu Silva nomzodi qo‘yilgan.
Fikrlar