Dzyudochimiz aralash jamoaviy dasturda kumush medaliga ega chiqdi!
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Aralash jamoaviy dastur bo‘yicha kechgan finalda hamyurtlarimiz Ozarbayjonga mag‘lub bo‘lishdi va kumush medalga ega chiqishdi.
1. Ozarbayjon
2. O‘zbekiston
3. Turkiya
4. Qirg‘iz Respublikasi



Fikrlar