
Dzyudochilarimiz "Ulaanbaatar Grand Slam" turniridagi raqiblarini bilib olishdi
Ertaga Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boshlanadi.
Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu musobaqada dunyoning 5 qit’asi 28 davlatidan kelgan jami 236 (142 erkak, 94 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan yo‘llanmalar uchun bahs olib boradi.
Biroz avval musobaqaga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, dzyudochilarimiz ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi. Ulan-Batar tatamilarida terma jamoamizning 12 nafar dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
AYoLLAR:
-48 kg: Ulbusin Hakimova - Mishil Altanshagai (Mo‘g‘uliston)
-52 kg: Fotimaxon Tursunboeva - Glafira Borisova (IJF)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova - Tolganay Abeuova (Qozog‘iston)
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova - Chjou Szya (Xitoy)
ERKAKLAR:
-60 kg: Doston Ro‘ziev - Richard Vergnes (Fransiya)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev - Bilet Erdenetsogt (Mo‘g‘uliston)
-66 kg: Artyom Shturbabin - Baurjan Narbaev (Qozog‘iston)
-73 kg: Hojiakbar Toshev - Mate Beruashvili (Gruziya)/ Lin Gaoxuey (Xitoy)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - Abdul-Kerim Tasuev (IJF)/Almazjan uulu Tegin (Qirg‘iz Respublikasi)
-81 kg: Amirbek Aminov - Kote Kapanadze (Gruziya)
-90 kg: Umar Bozorov - Dagvadorj Tserendulam (Mo‘g‘uliston)/Li Nam Xun (Koreya Respublikasi)
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboev - Mansur Rahmon (Tojikiston)/Hangarid Gantulga (Mo‘g‘uliston)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar