Dzyudochilarimiz III MDH o‘yinlariga jo‘nab ketdi
Shu kunlarda Ozarbayjonning bir nechta shahrida MDH o‘yinlari kompleks musobaqasi davom etmoqda.
5-8 oktyabr kunlari Go‘ygul shahrida musobaqa dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslari o‘tkaziladi. Unda ishtirok etuvchi terma jamoamiz Ozarbayjonga jo‘nab ketdi.
O‘g‘il bolalar:
-50 kg: Xushnud Sultonov
-55 kg: Xushnud Burxonov
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Sanjar Ashurov
-73 kg: Sa’dullo Ravshanov
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-90 kg: Musurmonqul Axrorov
+90 kg: Alibek Durdiev
Qizlar:
-40 kg: Mohinur Ollaberganova
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Saodat Qoraboeva
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-70 kg: Intizor Uzakbaeva
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Ma’lumot uchun, ikki yil avval Belarus davlatida o‘tgan II MDH o‘yinlarida dzyudochilarimiz 4 ta oltin, 5 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashgandi. Aralash jamoaviy bellashuvlarda esa bronza medaliga ega chiqqandik. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.



Fikrlar