Dzyudo terma jamoamiz Ar-Riyodga jo‘nab ketdi
Xabar berganimizdek, 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom Birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Kopmleks musobaqa dasturidan dzyudo bahslari ham o‘rin olgan bo‘lib, unda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Dzyudo bahslari 8-10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, uch yil avval Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan V Islom Birdamligi o‘yinlarida dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medal bilan dunyoning 56 ishtirokchi davlati orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan edi. Bu bilan dzyudo terma jamoamiz O‘zbekiston sport delegatsiyasining yakunda ikkinchi o‘rinni band etishiga katta xissa qo‘shgandi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.



Fikrlar