
Dzyudo. "Katta dubulg‘a" turnirida katta g‘alabalar davom etmoqda!
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turnirining ikkinchi kunida ham bir qator dzyudochilarimiz sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida Murodjon Yo‘ldoshev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 81 kg vazn toifasida bronza medali uchun kechgan kurashda ikki hamyurtimiz - Sharofiddin Boltaboev va Muso Sobirov tatamiga chiqdi. Yakunda Sobirovning qo‘li baland keldi va u bronza medali bilan taqdirlandi.
Ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova bronza medali uchun kurashda ukrainalik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shoxsupaga ko‘tarildi.
Fikrlar