
Dzyudo. Davlat Bobonov dunyoning eng yaxshi dzyudochisi bo‘lishga nomzod
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2022 yilning eng yaxshi dzyudochisi bo‘lishga nomzod sportchilarni e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda hamyurtimiz Davlat Bobonov “Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi” nominatsiyasining nomzodlari orasida e’tirof etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Reglamentga ko‘ra, ovoz berish jarayoni 12-31 yanvar kunlari awards.ijf.org platformasida bo‘lib o‘tadi. G‘olib 5 fevral kuni Parij “Katta dubulg‘a” turniri doirasida e’lon qilinadi. Davlat Bobonovga bu borada yana 4 nafar dzyudochi raqiblik qiladi: Tato Grigalashvili (Gruziya), Endi Granda (Kuba), Sogbatar Send-Ochir (Mo‘g‘uliston), Xifumi Abe (Yaponiya).
Eslatib o‘tamiz, Bobonov 2022 yil davomida Parij “Katta dubulg‘a” turniri va Konya-2021 Islom birdamligi o‘yinlarida bronza, Ulan-Bator “Katta dubulg‘a” turnirida kumush va Toshkentda o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar