
Dzyudo. Bugun Sharofiddin Boltaboev va Gulnoza Matniyazova tatamiga chiqadi!
Birozdan so‘ng dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirining ikkinchi kun bellashuvlari start oladi. Ushbu kunda erkaklar -73 kg va -81 kg, ayollar -63 kg va -70 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Bugungi dasturda O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili tatamiga chiqib, ular turnirni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
Erkaklar, -73 kg:
Murodjon Yo‘ldoshev - Mahamadsharif Najmudinov (Tojikiston) / Parahat Nazarov (Turkmaniston)
Shahram Ahadov - Rashid Mammadaliev (Ozarbayjon)
Obidxon Nomonov - Vladislav Kazimirov (Ukraina)
Javohir Saparov - Xose Antonio Aranda (Ispaniya)
-81 kg:
Muso Sobirov - Joao Fernando (Portugaliya)
Ma’ruf Hidirov - Muhammadjon Abdujalilov (Tojikiston)
Nurbek Murtozaev - Abdulelah Albali (Saudiya Arabistoni)
Sharofiddin Boltaboev - Tizi Gnamien (Frantsiya) / Ratbek Jumanazarov (Qirg‘iziston)
Ayollar, -63 kg:
Farangiz Hojieva - Zulhumar Dashkinova (Turkmaniston)
Sevinch Isoqova - Sofi Ozbaz (Vengriya)
Marjona Nurullaeva - Aviti Alkaraz (Meksika)
Laylo Yo‘ldosheva - Tang Jing (Xitoy)
-70 kg:
Xurshida Razzoqberdieva - Ellen Froner (Braziliya)
Gulnoza Matniyazova - Ying Feng (Xitoy) / Eliza Vroblevska (Polsha)
Nodira Yo‘ldosheva - Roza Nissantay kizi (Qozog‘iston)
Shohista Nazarova - Nataliya Chistyakova (Ukraina)
Manba:MOQ
Fikrlar