Dzyudo. Bugun O‘zbekiston chempionati boshlanadi

  • 24 noyabr, 10:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Uch kun davomida Buxoro shahridagi muhtasham "Universal" sport saroyi dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi. 

Tecno

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jami 451 (312 erkak, 139 ayol) nafar dzyudochi belgilangan 14 ta (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) vazn toifasida medallar yo‘lida bahslarga kirishadi. 

Bugun musobaqaning birinchi kuni erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tatamiga chiqadi. Saralash bellashuvlari soat 10:00, medallar uchun kechadigan final bloki 17:00da boshlanadi. 

Bugun O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi ham o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!