Dzyudo. Alisher Yusupov jahon chempionatida shoxsupaga ko‘tarildi

  • 23 may, 2024, 20:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Bugun ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Hamyurtimiz uchinchi o‘rin uchun bahsda 2022 yilgi jahon chempioni kubalik Endi Grandani mag‘lubiyatga uchratishga erishdi va ikkinchi bor dunyo birinchiligining bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi. Ertaga sportchilarimiz aralash jamoaviy dasturda kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!