
Dzyuba Rossiya terma jamoasida noyob rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor kecha Rossiya terma jamoasi Evro-2020 saralashi doirasida o‘z maydonida San-Marinoni 9:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu kuni mezbonlar forvardi Artyom Dzyuba poker qayd etdi. E’tiborlisi, bu uning uchun terma jamoa safidagi ikkinchi poker bo‘ldi. U 2015 yil Lixtenshteynga (7:0) qarshi bahsda ham o‘z nomiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan edi. Shu tariqa Dzyuba Rossiya terma jamoasi tarixida 2ta poker qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli hujumchi Rossiya terma jamoasi sharafini 2011 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Stanislav Cherchesov shogirdlari saralashning navbatdagi bahsini 11 iyun kuni Kiprga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar