Dzyuba Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 25 mart, 2021, 12:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba kecha “JCh-2022” saralashi doirasidan o‘rin olgan Maltaga (3:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Tecno

E’tiborlisi, bu 32 yoshli futbolchining terma jamoa safida kiritgan 27-goli bo‘ldi. Dzyuba bu borada Vladimir Beschastnixni (26) ortda qoldirdi va Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasida eng ko‘p gol urgan futbolchi Aleksandr Kerjakov hisoblanadi. Uning hisobida 30 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!