
Dzyuba Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirib oldi
Rossiya terma jamoasi forvardi Artyom Dzyuba kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Shotlandiyaga (2:1) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, bu 31 yoshli futbolchi uchun terma jamoa safidagi 21-gol bo‘ldi. Dzyuba shu tariqa bu borada Roman Pavlyuchenkoga tenglashib oldi va Rossiya terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida kuchli uchlikka kirdi.
Rossiya terma jamoasi tarixida Dzyubadan ko‘proq faqatgina Vladimir Beschastnix (26) va Aleksandr Kerjakovlar (30) ko‘proq gol urishgan.
Ma’lumot uchun, “Zenit” hujumchisi terma jamoada 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U hozircha 37ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar