
Dyokeresh: "Qancha ko‘p kutsang, shuncha shirin bo‘ladi"
Londonning "Arsenal" jamoasiga yaqinda qo‘shilgan Viktor Dyokeresh Angliyaga ko‘chib o‘tganidan keyingi his-tuyg‘ularini baham ko‘rdi.
"Qancha ko‘p kutsang, shuncha shirin bo‘ladi" — deb yozdi u "Arsenal" formasidagi surati ostida o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.
26 iyul kuni "kanonirlar" rasman shvedtsiyalik to‘purarni transfer qilganini e’lon qildi. U Portugaliyaning "Sporting" jamoasidan sotib olindi. Dyokeresh 2030 yilgacha "Arsenal" safida to‘p surishi kutilmoqda. Uning transferi bonuslar bilan qo‘shib hisoblanganda 73,5 million evroga tushdi. Forvard 14-raqam ostida harakat qiladi.
APLning yangi mavsumida "Arsenal" 17 avgust kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi safar o‘yini bilan start oladi.
Fikrlar