
Dryu Dober Islom Maxachevni mag‘lub etish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan jangchini aytdi
UFC engil vazn toifasi jangchisi Dryu Dober Islom Maxachevni mag‘lub etish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan jangchi nomini aytdi.
“Men Beneil Dariushning ashaddiy muxlisiman. Uning imkoniyatlariga past tnazar bilan qaraladi. Biroq, u ko‘proq narsaga loyiqdir. Nima uchun UFC uni unchalik yoqtirmasligini bilmayman. Beneilda Islom Maxachev bilan jangda g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bor. U juda qobiliyatli. Menimcha, Beneil Charlz Oliveyrani mag‘lub etadi. U titulga loyiq edi. Beneil Charlzni, keyin esa Islomni mag‘lub etadi”, — dedi Dober.
Eslatib o‘tamiz, Dryu Dober Islom Maxachev bilan "UFC 259" turnirida jang qilgan va mag‘lubiyatga uchragandi. Shuningdek, Dober navbatdagi jangini 6 may kuni Met Frevolaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar