
Drikus Dyu Plessi: " Xamzat Chimaev bilan to‘qnashuvimiz juda qiziqarli bo‘ladi"
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Drikus Dyu Plessi bo‘lajak raqiblaridan biri sifatida engilmas jangchi Xamzat Chimaevni ko‘rmoqda .
“Menimcha, Xamzat bilan to‘qnashuvimiz juda qiziqarli bo‘ladi. Men shu kunga qadar bunday katta jangda qatnashmaganman. To‘g‘ri, keyingi raqibim - Striklend ham ancha kuchli, biroq Chimaev mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Chechen 9 fevral kungi turnirda ishtirok etishi haqida mish-mishlar bor. Bu qanchalik haqiqat ekanini bilmayman. Ammo shunday bo‘lsa, men avval Shon, keyin esa Xamzat bilan kurashib, ularni mag‘lub etaman", - deya Drikusning so‘zlarini keltirgan "MMA Junkie".
Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi va Shon Srtriklend qarama-qarshiligi 9 fevral kuni "UFC 312" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar