Dragan Cheran "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yin haqida: Biz ikki ochko yo‘qotdik

  • 21 sentabr, 2020, 11:11
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasining 5-turida Toshkentning "Paxtakor" klubi BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" futbolchisi Dragan Cheran bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Bugun faqat biz o‘ynadik, bu bizning o‘yin bo‘ldi. Juda ko‘plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bugun biz ikki ochkoni boy berdik, deb o‘ylayman.

Biz raqibni o‘rganganimiz singari ular ham bizni o‘rganishadi. Kuchli taraflarimizni yopishga urinishadi. Ular qanotdan o‘tishimizni yopmoqchi bo‘lishdi, biz markazdan ham hujumlar uyushtirdik. Vaziyatlardan foydalanmadik va raqib ham himoyada yaxshi o‘ynashga urindi. Bu gol ura olmaganimiz sababi", - dedi Cheran.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Saidjahon Abdujamilov
21/09/2020 14:32
Oxirgi o'yinda yaxshi natijaga erishamiz degan umiddaman. Sizlarni 32 mln xalq kuzatmoqda. Paxtakor chempionlikka erishish uchun vaziyatlardan foydalanishi kerak. Al hilol bilan o'yinda ham va,iyaglar bo'ldi ammo natija òsh òsh. Arveladze yigitlarga vaziyatlardan foydalnish borasida sovuqqonlik qilish yòllarini òrgat
&
Насаф
21/09/2020 15:00
Ушааал сенмууу наргиииз. Ушаааал сенмууууу пахтакооор
Шохрух Бозоров
21/09/2020 14:49
Бу эшаклар хеч одам булмадида , узини кучини шу андижону бухорою сурхонлага курсатиб юради 5 талаб гол уриб ,учта уйинда бор йуги битта гол урди, шу дердийукни бошка жамоала фазиятдан фойдалана олмагани учун хайдаб юборган бизга шу исми европейски булса бас ЭРЕН ДЕРДИЁК булди уни футбол уйнай олиш олмаслиги шартмас