
"Dragan Cheran adashib kelib qolgan"
“Paxtakor” klubining serbiyalik hujumchisi Dragan Cheran O‘zbekiston chempionatidagi eng yaxshi legioner maqomini hamon o‘zida saqlab turibdi.
Klubning sobiq sport direktori Ja’far Irismetov kuni kecha saytimizga bergan intervyusida qator mavzularda fikr bildirib, Cheran masalasida ham to‘xtaldi.
“Masalan, OChLdagi raqiblarimizda shunday ediki, ularning bitta futbolchisi bizning byudjetimizdan ko‘p pul olardi. Albatta, ana shunday o‘yinchilar o‘yin taqdirini hal qilib ketishadi. Misol uchun bitta futbolchisi uchta gol uryapti, bizga. Yigitlarimiz yakkama-yakka vaziyatdan gol ura olmayapti, ular esa yo‘q joydan urishyapti. Bu futbolchining mahorati bilan bog‘liq. Bunday darajadagi o‘yinchilarni jalb qila olmaymiz. Xorijdan maksimal ravishda byudjetga qarab olib kelinadi. Bizga Evropadan kelaman degan o‘yinchilar o‘ylashimcha yo‘q. Dragan Cheran adashib kelib qolgan (kuladi). O‘zbekistonda boshqa kuchli legionerni ko‘rmayapman”, - deya fikr bildirdi, Irismetov.
Fikrlar