Doston Hamdamov yangi jamoasidagi debyutini mag‘lubiyat bilan boshladi

  • 7 fevral, 2022, 13:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Qatarning “Al-Sayliya” klubiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz – Doston Hamdamov nihoyat yulduzlar ligasidagi debyutini o‘tkazdi.

Tecno

Chempionatning 17-turida “Al-Sayliya” safarda “Al-Vakra” mehmoni bo‘ldi. Ushbu bellashuvda mehmonlar bosh murabbiyi Sami Trabelsi Doston Hamdamovni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. 77-daqiqada esa zaxiraga olindi va o‘rniga Meshal Al-Shammari o‘yinga qo‘shildi. Ungacha futbolchimiz 45+4-daqiqada sariq kartochka ham “ishlab” oldi. 

Afsuski, Hamdamovning yangi jamoasidagi debyuti muvaffaqiyatli chiqmadi. “Al-Vakra” “Al-Sayliya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. Mezbonlardan 33-daqiqada Jelson va 35-daqiqada Muhammad Benettu gol urgan bo‘lsa, “Al-Sayliya”dan Dris Fettui 45+2-daqiqada penaltidan gol urdi. E’tiborlisi, mezbonlar a’zosi – Muhammad Emad Ayash 42-daqiqada qizil kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Shunda ham Doston Hamdamov jamoasi maydonda bir kishi ko‘p bo‘lishiga qaramay, bunday imkoniyatdan foydalana olmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Sayliya” ayni chog‘da Qatar yulduzlar ligasida 12 ta jamoa orasida 7 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda. Klub hisobida 1 g‘alaba, 4 durang va 12 ta mag‘lubiyat bor. Hamdamov jamoasi navbatdagi turni 10 fevral kuni o‘z maydonida “Al-Rayyan” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!