“Dorishunoslar” so‘ragan narx “Bavariya”ni qo‘rqitib yubordi
“Bavariya” yaqin kelajak uchun yosh futbolchilarni olishga ham alohida e’tibor qaratadi. Myunxenliklar ana shu maqsadda “Bayer”ning 18 yoshli o‘yinchisi Florian Virtsga xaridor bo‘lmoqda.
Bundesliga chempioni ushbu transfer masalasida “dorishunoslar”ga murojjat qildi. Biroq, “Bayer” yosh yarim himoyachi uchun o‘ta katta summa – 100 million evo talab qilmoqda.
Mutaxassislar “Bayer”ning vunderkindga katta narx qo‘yishini ular Florianni sotishga tayyor emasligi bilan izohlamoqda. Leverkuzen klubi bu futbolchini 2023 yildan oldin sotishni istamayapti.
Ta’kidlash joizki, “Bavariya” 18 yoshi futbolchi uchun katta xarajat qilmaydi.



Fikrlar